Jamiyat | 09:55 / 18.04.2018
6575
1 daqiqa o‘qiladi

Muqaddam sudlangan o‘g‘ri yana o‘g‘rilik qilib qo‘lga tushdi

Ilyustrativ foto/ depositphotos

Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 16 aprel kuni soat 09.20larda, noma'lum shaxs “Ahillik” mahallasida joylashgan “Yangi” dehqon bozori hududidagi savdo do‘koni oldida xususiy tadbirkor, 1985 y.t. Ch.E. tomonidan qarovsiz qoldirilgan, umumiy qiymati 1 mln 900 ming so‘m bo‘lgan kiyim-kechaklarini o‘g‘irlab ketgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Guliston shahri 4-dahada yashovchi, muqaddam sudlangan, 1973 y.t. E.L. sodir etganligi aniqlanib ushlangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid