Jahon | 18:34 / 18.04.2018
28169
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada mag‘lub etib bo‘lmaydigan qurol borligiga isbot yo‘q – AQSh

Foto: REUTERS/Yuri Gripas

AQSh strategik qo‘mondonligi rahbari Jon Hayten Rossiyada «mag‘lub etib bo‘lmaydigan» gipertovushli qurol borligiga isbot yo‘qligini ma'lum qildi. Biroq, u bu masala bo‘yicha Rossiya prezidenti Vladimir Putinning so‘zlariga e'tiborsizlik bilan qaramaslikka chaqirdi, deb xabar bermoqda Defense News.

«Men hozir buni aniqlash uchun nimalar qilayotganimiz haqida hech narsa ayta olmayman. Men sizlarga bu raketalarning texnik xususiyatlarini ham oshkor eta olmayman. Biroq, men sizga shuni aytishim mumkinki, biz Rossiya va Xitoy gipertovush bo‘yicha imkoniyatlarini tekshirayotganini kuzatdik», - deya aytib o‘tdi Hayten.

Shuningdek uning ta'kidlashicha, AQShda ushbu qurol ishlab chiqilayotgani yoki sinovdan o‘tkazilayotgani bo‘yicha aniq ma'lumotga ega emaslar. 

«Sizlar Vladimir Putinning so‘zlariga e'tiborsizlik bilan qarashingiz kerak emas, u nimaningdir ustida ishlayotgani haqida gapirmoqda», - deya aytib o‘tdi u.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid