Jamiyat | 01:43 / 18.04.2018
29435
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqand viloyatida vahshiy bosqinchi qo‘lga olindi

Samarqand viloyatining Past Darg‘om tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 16 aprel kuni soat 06.00larda, noma'lum shaxs 1980 y.t. M.J.ning uyiga ochiq qolgan deraza orqali kirib, M.J. chap son qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazib, uni qulog‘idagi ziragi va 2 dona mobil telefonlarini olib, voqea  joyidan yashiringan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Chimboy mahallasida yashovchi, 1991 y.t. F.N. sodir etganligi aniqlanib qo‘lga olingan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid