O‘zbekiston | 16:30 / 18.04.2018
63759
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev yana Buxoroga boradi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 aprel kuni Buxoro va Navoiy viloyatlariga tashrif buyuradi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov rasmiy sahifasida xabar bergan.

Davlat rahbari Buxoroda «O‘zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi bilan Rossiyaning «Lukoyl» kompaniyasi hamkorligida qurilgan Qandim gazni qayta ishlash majmuasining ochilish marosimida ishtirok etadi. 

«Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyati tomonidan jahon bozorida xaridorgir kimyo mahsulotlari ishlab chiqaradigan uchta zavod barpo etilmoqda. Prezident Navoiy viloyatiga tashrifi chog‘ida ushbu zavodlar qurilishining borishi bilan tanishadi.

Eslatib o‘tamiz, prezident shu yilning fevral oyida ham Buxoroda bo‘lib, joylarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishgan, viloyat faollari bilan yig‘ilish o‘tkazgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid