Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva: Hududlardagi muammolar prezident nazoratida
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Buxoro viloyatidagi ijtimoiy obektlar ahvolini tanqid qilib, bog‘cha va poliklinikalarni zudlik bilan ta’mirlash zarurligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hududlarga amalga oshirilayotgan safarlar davlat rahbari topshiriqlari ijrosini nazorat qilishga qaratilgan.
Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram
Saida Mirziyoyeva Buxoroda ko‘zdan kechirilgan ayrim muassasalar ahvolini “nihoyatda achinarli” deb baholadi.

Ma’lum qilinishicha, 1977 yilda faoliyati boshlangan 21-sonli bolalar bog‘chasi qaytadan quriladi.
Shuningdek, 46 ming nafar aholiga xizmat ko‘rsatuvchi 9-sonli poliklinika uchun ham yangi bino barpo etiladi. Hozirda ushbu muassasa 1972 yilda qurilgan, tibbiy standartlarga javob bermaydigan binoda — kam ta’minlangan aholi uchun mo‘ljallangan yotoqxonada faoliyat yuritmoqda.

Ushbu bino ham to‘liq ta’mirlanishi va u yerda yashovchilar uchun sharoitlar yaxshilanishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, kelgusi ikki yil davomida Buxoro viloyatining chekka tumanlarida joylashgan yana 36 ta poliklinikani rekonstruksiya qilish ko‘zda tutilgan.


Saida Mirziyoyeva ta’kidlashicha, hududlarga safarlar prezident topshiriqlari ijrosining qat’iy nazorati va joylardagi har bir muammoga e’tibor qaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Mavzuga oid
19:30 / 14.05.2026
Saida Mirziyoyeva Osiyo xotin-qizlari ikkinchi forumida ishtirok etdi
10:01 / 12.05.2026
Buxoroda hokim o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi
20:18 / 09.05.2026
Saida Mirziyoyeva Italiyada o‘zbekistonlik rassomning shaxsiy ko‘rgazmasi ochilishida ishtirok etdi
11:47 / 09.05.2026