O‘zbekiston | 19:18 / 18.04.2018
14422
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 1 maydan issiq suv narxi ham oshiriladi

Foto: Pixabay

Toshkentda 1 maydan boshlab markaziy isitish va issiq suv uchun tariflar oshiriladi, deb xabar bermoqda Norma.
 
Issiq suv ta'minoti uchun quyidagi tariflar belgilangan:
 
• hisoblagich uskunasi mavjud bo‘lganda – 1 kubometr uchun 4332 so‘m;
 
• hisoblagichsiz to‘lov amalga oshirilganda – bir oyda 1 kishi uchun 16917,49 so‘m (umumiy yuvinish xonasi bo‘lgan yotoqxonalarda — 1 kishi uchun 12584,98 so‘m).
 
Markaziy isitish uchun tarif isitiladigan har bir kvadrat metr maydon uchun 1464,53 so‘m etib belgilangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid