O‘zbekiston | 22:52 / 18.04.2018
21304
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston havo sarhadlarining himoya tizimi namoyish etildi

Foto: Mudofaa vazirligi

MDHga a'zo mamlakatlarning Mudofaa vazirlari kengashi huzuridagi Havo hujumidan mudofaa masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi Qo‘mita majlisi qatnashchilari Toshkent viloyatida joylashgan HHM qo‘shinlariga qarashli harbiy qismlardan birida bo‘lib, “O‘zbekiston Respublikasi havo sarhadlarida davlat chegaralari buzilganda zenit raketa divizioni shaxsiy tarkibining harakatlari” mavzusidagi o‘quv-uslubiy yig‘inda ishtirok etdilar. Bu haqda Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Unda HHM qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlarini eng yuqori jangovar shaylik darajasiga keltirish, HHM qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘shilma va bo‘linmalar boshqaruv punkti jangovar navbatchi raschyotlarining davlat chegaralari buzuvchilari – samolyotlarga qarshi ishlashi, HHM vositalari bilan shartli dushmanning yakson etilishi kabi o‘quv mashqlari bajarildi.

Foto: Mudofaa vazirligi
Foto: Mudofaa vazirligi
Foto: Mudofaa vazirligi

Tashrif dasturi doirasida Muvofiqlashtiruvchi Qo‘mita a'zolari poytaxtimizdagi Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdilar. “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi. Shuningdek, ular Qurolli Kuchlar akademiyasida bo‘lib, Qurolli Kuchlarimizda harbiy kadrlar tayyorlash tizimi, tinglovchi va kursantlarning ta'lim jarayoni, yaratilgan sharoitlar, o‘quv-moddiy baza hamda ta'lim muassasasi muzeyi bilan tanishdilar.

Foto: Mudofaa vazirligi
Foto: Mudofaa vazirligi

MDHga a'zo mamlakatlarning Mudofaa vazirlari kengashi huzuridagi Havo hujumidan mudofaa masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi Qo‘mitaning yurtimizda ilk bor o‘tkazgan majlisi ishtirokchilarning ta'kidlashicha, yuqori saviyada o‘tdi. U ishchan va konstruktiv tarzda kechdi. Bunday yondashuv esa albatta, o‘zining ijobiy natijalarini beradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid