Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abe KXDR bilan munosabatlar qanday shartda yaxshilanishini aytdi
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening ma'lum qilishicha, agarda Shimoliy Koreya to‘g‘ri yo‘lga qadam qo‘ysa, unda uning Yaponiya bilan munosabatlari yaxshilanishi mumkin. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Agarda Shimoliy Koreya, xuddi Pxenyan deklaratsiyasida ko‘rsatilganidek, to‘g‘ri yo‘lga qadam qo‘ysa, biz baxtsiz o‘tmishga yakun yasaymiz va munosabatlarning yaxshilanishi uchun yo‘l ochamiz», - deya aytib o‘tdi Abe.
Shuningdek, uning eslatishicha, ayni damda ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik aloqalar mavjud emas.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya Shimoliy Koreya yangi yadroviy sinovlarga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida ma'lum qilgan edi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026