Jamiyat | 12:09 / 19.04.2018
9104
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada Eron fuqarosini chuv tushirgan firibgar ushlandi

Ilyustrativ foto/Reuters

Farg‘ona shahrida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 17 aprel kuni IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, Eron Islom Respublikasi fuqarosi, “Maida plas invest” MChJ rahbari, 1965 y.t. S.M. murojaat qilib, unda 2015 yil iyun oyida shu MChJ ishchisi, Farg‘ona shahar Qadirdon ko‘chasida yashovchi, 1986 y.t. D.G‘. unga O‘zbekiston Respublikasiga kirish huquqidan mahrum qiladigan “taqiq”ni bekor qilib berishini va'da qilib, undan 5 677 AQSh dollarini olib bergan va'dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilgan. 

D.G‘. ushlangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid