Jahon | 14:30 / 19.04.2018
15809
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston bosh vazirligiga nomzod ma'lum qilindi

Foto: 24.kg

Qirg‘iziston prezidenti apparati boshlig‘i Muhammadkaliy Abilg‘oziyev hukumat rahbari lavozimiga nomzodga aylandi. Bu haqda 24.kg parlamentdagi manbalarga asosan xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, deputatlik korpusi boshqa nomzodlarni hozircha ko‘rib chiqmaydi.

Muhammadkaliy Abilg‘oziyev Qirg‘iziston prezidenti apparati rahbari lavozimida bir oydan beri ishlamoqda.

U 1968 yilning 20 yanvar kuni Norin viloyati Qo‘chqor tumanida tug‘ilgan, Konstantin Skryabin nomidagi Qishloq xo‘jaligi institutini, Qirg‘iziston Xalqaro universitetining iqtisodiyot va biznes fakultetini tamomlagan. 

Mehnat faoliyatini 1994 yilda, «Qirg‘iziston» Moliyaviy-agrosanat kompaniyasi direktori o‘rinbosari sifatida boshlagan. Qirg‘iziston Ijtimoiy fondida turli lavozimlarda ishlagan.

2016 yilning 13 aprelida Qirg‘iziston bosh vaziri birinchi o‘rinbosari sifatida tayinlangan. Sooronbay Jeenbekovning 22 avgustdagi iste'fosidan so‘ng bosh vazir vazifasini bajargan. 2017 yilning 12 sentabriga qadar Qirg‘iziston prezidenti maslahatchisi bo‘lib ishlagan. 

2017 yilning 12 sentabr kuni Qirg‘iziston prezidenti apparati rahbarining birinchi o‘rinbosari, 2018 yilning 16 martida Qirg‘iziston prezidenti apparatining rahbari etib tayinlangan.

Mavzuga oid