Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston prezidenti hukumatni iste'foga chiqardi
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Sapar Isoqov hukumatining iste'fosi to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Qaror bugun qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, bosh vazir, bosh vazir o‘rinbosarlari lavozimini egallab turgan shaxslar, hukumat a'zolari yangi vazirlar mahkamasi shakllantirilgunga qadar iste'foga chiqadi. Prezident farmoni darhol kuchga kirdi.
Avvalroq Qirg‘iziston parlamenti deputatlari bosh vazir Sapar Isoqov boshchiligidagi hukumatga ishonchsizlik votumi bildirgandi. Parlament yig‘ilishi vaqtida 101 nafar deputat 2017 yil avgustida tayinlangan hukumatga ishonchsizlik bildirgan, faqat 5 kishi joriy hukumatni yoqlagan.
Hukumatga ishonchsizlikni ifoda etish tashabbusi qirg‘iz parlamentining 40 nafardan ortiq deputati (jami 120 deputat) tomonidan ilgari surilgan. Bu esa ushbu mavzuni parlamentda muhokamaga qo‘yish uchun yetarli bo‘ldi. Payshanba kuni parlamentning Konstitutsion qonunchilik qo‘mitasi deputatlarning ushbu tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.
Mavzuga oid
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026