Qirğiziston parlamenti deputatlari boş vazir Sapar Isakov boşçiligidagi hukumatga işonçsizlik votumi bildirdi.
«Interfaks» agentligi xabariga köra, parlament yiğilişi vaqtida 101 nafar deputat 2017 yil avgustida tayinlangan hukumatga işonçsizlik bildirgan, faqat 5 kişi joriy hukumatni yoqlagan.
Hukumatga işonçsizlikni ifoda etiş taşabbusi qirğiz parlamentining 40 nafardan ortiq deputati (jami 120 deputat) tomonidan ilgari surilgan. Bu esa uşbu mavzuni parlamentda muhokamaga qöyiş uçun yetarli böldi. Payşanba kuni parlamentning Konstitutsion qonunçilik qömitasi deputatlarning uşbu taşabbusini qöllab-quvvatladi.
Muxolifatdagi «Onuguu-Progress» fraksiyasi deputati Isxak Masaliyevning aytişiça, hukumatga işonçsizlik bildirilişi Isakovning avtomatik iste'fosini anglatmaydi.
«Bundan keyingi sözni prezident aytadi - u parlamentning qarorini qöllab-quvvatlaşi ham, aksinça bölişi ham mumkin. Lekin men Sooronbay Jeenbekov hukumatni iste'foga çiqarişini istardim», degan Masaliyev.
U Qirğiziston prezidenti bu borada qaror qabul qilişi uçun qança vaqt talab etilişiga aniqlik kiritmagan. U hukumat iste'fosi bugunning özidayoq röy berişi mumkinligini qöşimça qilgan.
«Endi köp iş parlamentda köpçilikni jamlagan koalitsiya harakatiga boğliq - yoki birlikni saqlab qolib, yangi boş vazir nomzodini ilgari suradi, yoki parçalanadi. Yangi koalitsiya va hukumat şakllanişi uçun vaqt kerak böladi», deya qöşimça qilgan parlamentariy.
«Qirğiziston parlamenti birinçi marta hukumatga işonçsizlik bildirmoqda. Bunga Vazirlar Mahkamasi muxolifat tomonidan qator loyihalarni amalga oşirişda muvaffaqiyatsizlikka uçraganlikda ayblangani sabab bölmoqda», degan agentlik suhbatdoşi.
Isakov hukumatiga işonçsizlik bildiriş masalasi parlament fraksiyasidagi ikki partiya - «Respublika — Ata Jurt» va «Ata Meken» partiyalari tomonidan kötarildi.
16 aprel kuni qöşma yiğilişda «Onuguu-Progress», «Ata Meken» va «Respublika — Ata Jurt» parlamentdagi fraksiyalari hukumatning 2017 yil uçun iş hisobotini qoniqarsiz deb topgandi.

















