Jahon | 00:14 / 19.04.2018
6423
2 daqiqa o‘qiladi

Nobel mukofotini beruvchi akademiya nizomi o‘zgartiriladi

Foto: Global Look Press/Ibl Bildbyr/Patrik ÖSterberg

Shvetsiya qiroli Karl XVI Gustav adabiyot sohasida Nobel mukofotini beruvchi Shvetsiya akademiyasi nizomiga o‘zgartirish kiritadi. 

“Men Shvetsiya akademiyasi nizomini akademiyadan kim o‘z istagi bilan chiqishi mumkinligi aniq bo‘ladigan qilib to‘ldirmoqchiman. Bundan tashqari, akademiyaning ishida 2 yildan ko‘proq ishtirok etmagan odam, iste'foga ketishni rasman so‘ramagan bo‘lsa ham uni tark etgan deb hisoblanadi”, deb aytilgan qirol bayonotida. 

Qirolning fikricha, Shvetsiya va xalqaro huquqda bosh punkt kim tashkilot a'zosi bo‘lishni boshqa istamasa uni tark etishi mumkinligi hisoblanadi. Bu Shvetsiya akademiyasiga ham taalluqli bo‘lishi kerak.

Shvetsiya akademiyasi 1786 yilda qirol Gustav III tomonidan shved tili va adabiyotini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun tashkil etilgan. Ayni damda uning tarkibiga 18 a'zo umrbod saylanadi. 

Qoidalarga ko‘ra, akademiyaga yangi a'zolarni qabul qilish uchun 12 kishidan iborat kvorum talab etiladi, vaholanki Nobel mukofotini taqdim qilish uchun ovoz berishda 8 kishi yoki ko‘pchilik ovoz yetarli hisoblanadi. Biroq hozirgi vaqtda akademiyadagi mojarodan keyin amalda unda 12 adabiyotshunos qolgan, ulardan biri ketish niyatini bildirgan. Bunday kam ovoz bilan Nobel sovrindorini tanlashning ishonchliligi shubhaliga aylanishi mumkin, deb aytilgan Nobel jamg‘armasida. 

Shvetsiya akademiyasida yuz bergan mojarolar bu muassasaga ishonch va adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotining nufuziga putur yetkazdi. Novus ijtimoiy markazi o‘tkazgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, bunday fikrni 62 foiz respondentlar bildirgan. Bundan tashqari, 29 foiz respondentlar akademiyaning barcha a'zolarini o‘zgartirish kerak, degan fikr bildirishgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid