Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Rossiyaga munosabati haqida gapirdi
Foto: AP Photo / Andrew Harnik
AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, u Rossiyaga «hali hech kimda kuzatilmagan darajada» qattiq munosabatda bo‘lmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilgan.
«Hali hech kim prezident Donald Tramp kabi Rossiyaga qattiq munosabatda bo‘lmagan», - deya aytib o‘tdi Tramp.
Avvalroq AQSh ma'muriyati vakili Qo‘shma Shtatlar Rossiya bilan aloqalarni davom ettirmoqchi ekani va Rossiya tomonidan javob harakatlari kutilayotgani haqida ma'lum qilgandi.
Shuningdek, OAV Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda AQSh yetakchisi Donald Tramp qanday shartlarda uchrashishi mumkinligi haqida ma'lumot berdi.
Ta'kidlanishicha, ikki yetakchi uchrashuvi «uchinchi davlatda, agarda yetakchilar uchrashuvini talab qiluvchi vaziyat ro‘y bersa va qandaydir ijobiy natijani keltirishi oldindan ma'lum bo‘lsagina» yuz beradi.
Mavzuga oid
16:20
Kremlga yaqin iqtisodchilar Rossiyada yil oxirigacha retsessiya bo‘lishini kutmoqda
14:00 / 20.03.2026
SIPRI: Rossiya harbiy xarajatlar o‘sishining eng yuqori nuqtasidan o‘tdi
12:29 / 20.03.2026
YeI yil oxirigacha Rossiya STGdan voz kechishni rejalashtirmoqda
12:27 / 20.03.2026