Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
200 nafarga yaqin rossiyalik harbiy Xitoyda yashirincha tayyorgarlikdan o‘tdi – OAV
Ta’kidlanishicha, Rossiya harbiylarining mashg‘ulotlari Pekin va Nankindagi obektlarda bo‘lib o‘tgan - kurslar dronlardan foydalanish, shuningdek, portlovchi moddalar, minalar va radioelektron kurash vositalaridan foydalanishga bag‘ishlandi.
2025 yil oxirida 200 nafarga yaqin rossiyalik harbiy xizmatchi ikki davlat o‘rtasidagi maxfiy kelishuv doirasida Xitoyda ta’lim oldi. Bu haqda Reuters Yevropaning uchta razvedkasidagi tegishli hujjatlar va manbalarga tayanib yozdi.
Ta’kidlanishicha, Rossiya harbiylarining mashg‘ulotlari Pekin va Nankindagi obektlarda bo‘lib o‘tgan - kurslar dronlardan foydalanish, shuningdek, portlovchi moddalar, minalar va radioelektron kurash vositalaridan foydalanishga bag‘ishlandi.
Reuters agentligining razvedkadagi manbalariga ko‘ra, Xitoy harbiylari kamida 2024 yildan beri Rossiyaga o‘qishga bormoqda, biroq rossiyaliklarning Xitoyda o‘qishi haqida ilgari ma’lum emas edi.
Yevropalik manbalarning agentlikka ma’lum qilishicha, Xitoyda tayyorgarlikdan o‘tgan harbiy xizmatchilarning kamida bir qismi keyinchalik Qrim va Zaporojiye viloyatidagi dron operatsiyalarida ishtirok etgan.
Xitoy hukumati Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan beri o‘zining betaraf pozitsiyasini izchil ravishda e’lon qilib keladi. Shu bilan birga, Pekin Rossiyaga keyinchalik harbiy sanoatda ishlatiladigan ikki maqsadli tovarlarni yetkazib berishni davom ettirmoqda.
Mavzuga oid
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
08:22 / 06.06.2026
Ukraina Gretsiyaga diplomatik izoh berdi
08:10 / 06.06.2026
Ukraina BMT Xavfsizlik kengashini favqulodda yig‘ilishga chaqirdi
08:04 / 06.06.2026