Kolumbiya Venesuelani qutqarish bo‘yicha ko‘p milliard dollarlik reja taklif qildi
Kolumbiya moliya vaziri Maurisio Kardenas 19 aprelda Venesuelani Xalqaro valyuta jamg‘armasi yordamida moliyaviy qutqarish bo‘yicha 60 mlrd dollarlik o‘z rejasini ma'lum qildi.
Uning aytishicha, gap giperinflyatsiya va taqchillikni boshdan kechirayotgan, biroq amaldagi hukumat vaqtida buni hal qilishning imkoni bo‘lmagan qo‘shni davlatdagi makroiqtisodiy vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha choralar haqida ketmoqda.
“Venesuelada hokimiyat qachon almashishini hech kim bilmaydi, biroq biz bunga tayyor bo‘lishimiz lozim”, deb aytgan Kardenas Vashingtonda.
Kolumbiyalik vazirning aytishicha, 60 mlrd dollar Venesuelada qishloq xo‘jaligi va sanoatni ishlab chiqarish quvvatlari bilan ta'minlash uchun importning minimal darajasini ta'minlash uchun zarur.
Kardenas XVJ va Jahon bankining boshqaruv idoralari bahorgi sessiyasi doirasida Venesuela masalasini muhokama qilish uchun turli davlatlar moliya vazirlari bilan uchrashmoqchi.
Mavzuga oid
23:16 / 19.09.2024
Yevroparlament Maduroni hibsga olish uchun order berilishini talab qildi
19:59 / 15.09.2024
Venesuela AQShni mamlakatda davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rayotganlikda aybladi
14:00 / 09.09.2024
YeI Venesuelada muxolifatni ta’qib qilishni to‘xtatishga chaqirdi
18:15 / 08.09.2024