Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda o‘zbek yuk mashinalari va avtobuslarini yig‘ish boshlandi
Foto: man-centre.com
Qozog‘istondagi (Qo‘stanay shahri) «SariArkaAvtoProm» zavodi bazasida O‘zbekiston-Qozog‘iston MAN yuk mashinalari va avtobuslari ishlab chiqarila boshlandi, deya xabar berdi LS Qozog‘iston avtobiznesi uyushmasiga asosan.
Loyiha quvvati yiliga 3000 donaga qadar ishlab chiqarish imkonini beradi. 2018 yildagi birinchi bosqichda kompaniya 50tadan ortiq texnika ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Avtotransport vositalarini sinab ko‘rish ishlari amalga oshirildi hamda transport texnikasining keng jihatlari uchun transport vositasi turi bo‘yicha tasdiqlar olindi.
«Yuk mashinasi narxining sezilarli qismini tashkil etuvchi ustki qism Qo‘stanayda ishlab chiqarilmoqda. Ishlab chiqarishning o‘sishi bilan korxona bu texnikani yuqori darajada mahalliylashtirish orqali ishlab chiqarishga o‘tadi», - deya ma'lum qilishgan uyushmadan.
Mavzuga oid
19:09 / 16.02.2026
Toshkentda bir oyda avtobusda chiptasiz yurgan 11,5 ming yo‘lovchi jarimaga tortildi
15:06 / 14.02.2026
Toshkentda qanday qilib yo‘lkirada pul tejash mumkin?
20:30 / 04.02.2026
Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
17:45 / 30.01.2026