Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev va Putin o‘rtasida telefon muloqoti o‘tkazildi
Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan «Lukoyl» kompaniyasining O‘zbekistondagi faoliyatini muhokama qildi, deb xabar bermoqda TASS.
«19 aprelda Markaziy Osiyodagi eng yiriklardan biri bo‘lgan Qandim gazni qayta ishlash majmuasining ishga tushirilgani muhimligi ta'kidlandi, - deya xabar qilishgan Kreml matbuot xizmatidan. - Rossiyaning «Lukoyl» kompaniyasi ishtirokida qurilgan mazkur yuqori texnologiyali korxona faoliyati O‘zbekiston neft va gaz sanoatining samarali rivojlanishiga yordam beradi».
O‘zbekiston tomonining tashabbusi bilan o‘tkazilgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi barcha sohalarda strategik sheriklik hamda hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha o‘zaro manfaatdorlik tasdiqlandi. Shuningdek, yetakchilar kelgusida rejalashtirilayotgan yuqori darajadagi aloqalarni muhokama qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 19 aprel kuni «Lukoyl» Buxoroda Qandim gazni qayta ishlash zavodini to‘liq ishga tushirgandi.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
14:20 / 11.06.2026
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
09:15 / 09.06.2026
Putin va Netanyahuga order bergan prokuror vaqtincha ishdan olindi
20:34 / 08.06.2026