Jamiyat | 18:58 / 20.04.2018
12139
1 daqiqa o‘qiladi

Ohangaronda o‘z xotinining umriga zomin bo‘lgan erkak qo‘lga olindi

Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida qotillik yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, 19 aprel kuni soat 16.00larda, Birlik mahallasi Sharq ko‘chasida yashovchi, 1967 y.t. V.K. mast holda uyida o‘zaro janjal oqibatida turmush o‘rtog‘i, 1971 y.t. Ye.K.ning qorniga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan. 

Natijada Ye.K. kasalxonaga yotqizilib ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. V.K. qo‘lga olingan.

 

Mavzuga oid