Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh yadro kelishuvidan chiqsa, kutilgan va kutilmagan harakatlarga tayyormiz – Eron
Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning ma'lum qilishicha, milliy atom agentligida, agarda AQSh yadro kelishuvini tark etadigan bo‘lsa, «kutilgan va kutilmagan» reaksiya variantlari bor. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
«Atom energiyasi bo‘yicha bizning tashkilot AQSh kutayotgan va kutmagan harakatlarga butunlay tayyor», - deya aytib o‘tdi Ruhoniy.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif agar AQSh Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvdan chiqsa, Tehron Vashington uchun noxush bo‘ladigan bir qator choralar ko‘rishini aytgandi. Zarif AQSh kelishuvdan voz kechsa, Eron o‘z manfaatlaridan kelib chiqib harakat qilishi va kelishuv doirasida hamda unga kirmaydigan choralarni qo‘llashi mumkinligini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
00:39
Eron Isroilga raketalar to‘lqinini yo‘lladi
23:17 / 07.06.2026
Aviakompaniyalar Erondagi urush sababli 100 mlrd dollar yo‘qotadi - hisobot
22:26 / 07.06.2026
Boshlovchi bilan aytishib ketgan Tramp intervyuni to‘xtatdi
20:25 / 07.06.2026