Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Yevropa ittifoqida Boeing-737 dvigatellari tekshirilmoqda
AQSh va Yevropa ittifoqining aviatsiya sohasidagi mutasaddi idoralari Southwest Airlines aviakompaniyasi samolyoti bilan yuz bergan avariyaviy holatdan keyin 700 taga yaqin Boeing-737 samolyotidagi dvigatellarni tekshirishga qaror qilishdi.
AQSh fuqarolik aviatsiyasi federal boshqarmasi 20 aprelda faqatgina ma'lum modeldagi dvigatellar tekshirilishini ma'lum qilgan. “CFM56-7B modifikatsiyasidagi dvigatellar tekshiruvi 20 kun ichida o‘tkazilishi kerak”, deyilgan boshqarma bayonotida.
Xuddi shunday choralar Yevropa ittifoqida ko‘rildi.
Dvigatellarni ishlab chiqaruvchi CFM International kompaniyasi bu qarorni ijobiy qarshilagan va dvigatellar tekshiruvida ishtirok etish istagini bildirgan.
17 aprelda Southwest Airlines samolyoti dvigatellaridan biri portlagandan keyin Filadelfiyada favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan. AQShning transportdagi xavfsizlik milliy komissiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, dvigatel potlaganda uning rotori bo‘lagi illyuminatorni sindirgan, shundan keyin singan oyna oldida o‘tirgan ayol yo‘lovchi hosil bo‘lgan teshikdan yarmiga tashqariga chiqib ketgan. Boshqa yo‘lovchilar ayolga yordamga kelib, uni salonga tortib olishgan. Biroq ayol olingan jarohatlardan vafot etgan. Dvigatelning portlashi sabablari hozircha o‘rnatilmagan.
Mavzuga oid
09:15
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
17:54 / 30.06.2026
Milliy gvardiya va Pentagon ikki yillik hamkorlik rejasini muhokama qildi
14:37 / 30.06.2026