Donbassda 2014 yildan beri halok bo‘lgan oddiy fuqarolar soni aytildi
BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha boshqarmasidan (UN OSHA) ma'lum qilishlaricha, Donbassda 2014 yildan beri 2,5 mingdan ortiq inson halok bo‘ldi. Bu haqda boshqarmaning tvitterdagi sahifasida joylashtirilgan xabarda aytiladi.
«Ukraina sharqidagi jangovar harakatlar natijasida 2540 dan ortiq oddiy aholi vakillari halok bo‘ldi va 9000 kishi jarohat oldi. Bu harakatlar to‘rt yil muqaddam boshlangandi. Halok bo‘lganlar soni deyarli har kuni o‘sib bormoqda», - deyiladi xabarda.
Avvalroq Ukraina Oliy radasi deputati Irina Gerashchenko Donbassda 2014 yidan beri 2,3 mingdan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchilar halok bo‘lganini ma'lum qilgandi.
Shu bilan birga, Ukraina bosh shtabi ma'lumotlariga qaraganda, Donbassda 2333 ukrainalik harbiy halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
18:53 / 11.10.2024
BMT oiladagi zo‘ravonlikni tugatish bo‘yicha O‘zbekiston taklif etgan rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatladi
08:35 / 11.10.2024
BMT Isroilni Livandagi qarorgohiga hujum qilishda aybladi
16:44 / 10.10.2024
BMTning «otasi» – Millatlar Ligasi tarixi
23:14 / 07.10.2024