Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva Londonga Skripallar ishi bo‘yicha savol bilan chiqdi
Foto: REUTERS
Rossiyaning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi Londonga Britaniya hukumati Skripallar ishi bo‘yicha ma'lumotni jismoniy shaxslarga berishi bo‘yicha savol bilan murojaat qildi. Bu haqda elchixona matbuot kotibining Vladimir Uglev bayonotlari haqidagi savolga javobida aytiladi.
«SSSR davridagi olim V.Uglev o‘zini «Novichok» yaratuvchisi sifatida e'tirof etdi va Skripallar A-234 moddasi bilan zaharlanganiga ishonishini ma'lum qildi. U «yaqinda o‘ziga yuborilgan spektral ma'lumotlar asosida» shunday xulosaga kelgan. Bu juda noodatiy bayonot. U jismoniy shaxsga Rossiya britaniyaliklardan bir necha haftadan beri olishga harakat qilayotgan ma'lumot berilganini anglatadi», - deya ta'kidlab o‘tgan diplomatik missiya vakili.
Uning qo‘shimcha qilishicha, ko‘rsatilgan bayonotlarni tekshirish imkoniyati yo‘q.
«Shu bilan birga, bu xuddi Britaniya tomoni maxfiy ma'lumotni jismoniy shaxslar bilan bo‘lishayotgani kabi ko‘rinishga ega. Bu KQTT qoidalarining navbatdagi buzilishi», - deyiladi izohda.
Elchixona vakilining so‘zlariga ko‘ra, missiya Britaniya TIVga Skripallar ishi bo‘yicha surishtiruv ma'lumotlari jismoniy shaxslarga berilganlik holatini tasdiqlash yoki rad etish iltimosi bilan chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniya Skripallarga suiqasdda asosiy gumonlanuvchilarni aniqlagani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
14:56
Estoniya TIV rahbari: “Agar Rossiya bostirib kirsa, urushni RF hududiga ko‘chiramiz”
12:27
“Rossiya har 1 kilometr yerga 156 askarning jonini tikmoqda” – Zelenskiy Myunxenda nimalar dedi?
15:28 / 14.02.2026
Ukraina, Rossiya va AQSh muzokaralarining yangi raundi Jyenevada o‘tadi
14:21 / 14.02.2026