Tokio markazida xato tufayli terakt xavfi e'lon qilindi
Tokioning markaziy tumanida xato tufayli terakt xavfi e'lon qilindi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».
Ertalabki soatlarda Yaponiya parlamenti binosi va imperator saroyi joylashgan Tiyoda tumanida radiokarnay orqali terrorchilik xavfi haqida xabar berilgan.
«Bugun mahalliy vaqt bilan soat 09:45 (Toshkent vaqti bilan soat 05:45)da keng ko‘lamli terrorchilik xuruji xavfi haqida tarqatilgan ma'lumot yolg‘on bo‘lgan. Biz uzr so‘raymiz», - deyiladi tuman ma'muriyatining rasmiy saytidagi xabarda.
Kiodo agentligining ta'kidlashicha, xato ogohlantirish uskunalarni tekshirayotgan xodimlardan birining aybi bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq amerikalik olimlar Vashington markazida besh kilogramm keluvchi yuqori to‘yintirilgan uranning portlashi oqibatlarini modellashtirishgandi.
Mavzuga oid
18:25 / 03.10.2024
«Krokus» ishiga aloqador shaxslar yana bir teraktni tayyorlashda ayblandi
17:58 / 11.09.2024
AQSh tarixidagi eng yirik terakt - 11 sentabr voqealarini aks ettirgan suratlar
09:15 / 10.09.2024
Belgiya: chechenistonlik shaxs teraktga tayyorgarlik ko‘rgani uchun 15 yilga qamaldi
19:40 / 01.09.2024