Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda Oq uydagi yadro portlashi modellashtirildi
Amerikalik olimlar Vashington markazida besh kilogramm keluvchi yuqori to‘yintirilgan uranning portlashi oqibatlarini modellashtirishdi. Portlash videosi Science Magazine’ning Youtube’dagi sahifasida e'lon qilingan.
Videorolikda portlash qo‘liga portlovchi qurilma tushib qolgan terrorchilar harakati oqibati sifatida keltiriladi. Aholisi soni 730 ming kishiga teng bo‘lgan shahar uzra olovli shar ko‘tarilganidan so‘ng, portlash markazidan bir kilometr radiusda bo‘lgan barcha inshootlar, shu jumladan Oq uy va boshqa mashhur binolar vayron bo‘ladi. Shar radioaktiv changdan iborat bulutga aylanadi. Olimlarga qayerdan boshpana izlash va bunday vaziyatda qanday qilib evakuatsiya qilish ko‘rsatib berilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning dekabr oyida AQSh yadro quroli sinovlari videosidan maxfiylik maqomini olgandi.
Mavzuga oid
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
08:50 / 11.07.2026
Janubiy Koreya va AQShga noqonuniy migratsiya tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22:16 / 10.07.2026
Tramp o‘zi o‘ldirilgan taqdirda Eronni «bombalab tashlashni» buyurdi
11:07 / 10.07.2026