Moskvadagi «Krokus Siti Xoll» konsert zalida uyuştirilgan terakt iştirokçilari sifatida gumonlanayotgan uç nafar şaxsga yana bir hujumga tayyorgarlik köriş aybi qöyildi: tergov ma’lumotlariga köra, ular buni qölbola portlovçi moddalar yordamida amalga oşirişni rejalaştirgan. Bu haqda TASS iş materiallariga tayanib yozdi.

Ma’lumotlarga köra, ayblanuvçilar hujumni qölbola bomba yordamida amalga oşirişni rejalaştirgan. Şu boisdan ham ular terrorçilik harakatiga tayyorgarlik köriş va uyuşgan guruh tomonidan portlovçi moslamani noqonuniy yasaşda ayblanmoqda.

Bundan taşqari, «Krokus» işi böyiça tört nafar ayblanuvçiga nisbatan «Islomiy davlat» tarkibiga kiruvçi, taqiqlangan «Xuroson Viloyati» terrorçilik guruhi faoliyatida iştirok etganlik böyiça iş oçilgan.

Şuningdek, ularga nisbatan yana ikkita — uyuşgan guruh tomonidan öqotar qurol va öq-dorilarning noqonuniy muomalasi hamda portlovçi moslamani noqonuniy yasaş böyiça jinoyat işi qözğatilgan.

TASS «Krokus» işi böyiça iştirokçilarning qaysi biri yangi ayblovlar bilan ayblangani haqida ma’lumot bermadi.

«Krokus Siti Xoll»dagi terakt 22 mart kuni sodir böldi. Qurollangan odamlar binoga bostirib kirib, konsertga kelgan odamlarga qarata öq uzdi. Keyin ular zalga öt qöyib, qoçişga harakat qilişdi. 145 kişi halok böldi, 550 dan ortiq kişi jarohat oldi.

«Krokus»ga qilingan hujum uçun javobgarlikni «Xuroson Viloyati» öz zimmasiga oldi. Işda 20 ga yaqin odam iştirok etmoqda, ular orasida tergovçilarga köra, terakt sodir etganlarni uy-joy, transport va aloqa vositalari bilan ta’minlaganlar ham bor. Tergov işga bevosita aloqador sifatida Tojikistonning tört fuqarosini körsatmoqda.