Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent YHXB 374 haydovchiga mobil muxbir axboroti ko‘magida jarima soldi
Foto: KUN.UZ
2018 yilning yanvar-mart oylarida Toshkent shahri yo‘llarida 309ta yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,6 foizga kam demakdir. Ushbu hodisalarda 37 kishi hayotdan ko‘z yumgan (5,1 foiz kamaygan), 382 kishi turli darajada tan jarohati olgan. Bu haqda shahar IIBB YHXB boshlig‘i Barat Mamenov OAV vakillari bilan uchrashuvida ma'lum qildi.
2018 yil 5 martidan 17 apreligacha bo‘lgan muddat davomida jami 100 840ta YHQni buzish holatlari aniqlangan. Shundan 24 780tasi qo‘pol qoidabuzarliklar bo‘lsa, 912tasi alkogolli ichimlik ta'sirida avtomobil boshqarish, tezlikni oshirish 6 220ta, svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmaslik 1530ta, to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidasini buzish 1320tani tashkil etgan. 138ta YTH oqibatida 19 kishi vafot etgan.
O‘tgan yilning ayni shu davrida (5 mart-17 aprel) 125 735ta qoidabuzarlik qayd etilgan edi.
Bundan tashqari, ShIIBB YHXB sayti ishga tushirilganidan buyon fuqarolardan jami 535ta murojaat kelib tushgan, shundan 527tasi ko‘rib chiqilgan. Saytga yuborilgan foto va videomateriallar natijasida 374 haydovchiga jarima solingan.
Barat Mamenovning ma'lum qilishicha, YHXBning 50 maxsus transport vositasi “Avtokon” qurilmalari bilan jihozlangan bo‘lib, ular vositasida fotoradarlar yordamida qoidabuzarligi aniqlanib, jarima to‘lamagan haydovchilarning avtomashinalari aniqlanadi. 2017 yil 18 iyulidan (“Avtokon”dan foydalanish boshlangan) shu vaqtga qadar 41 063 mashina aniqlanib, ularning haydovchilariga 11 mlrd so‘mdan ortiq jarima solishga erishilgan.
Shu bilan birga, piyodalar o‘tish qismlari borasida ham jiddiy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, 52ta “piyoda o‘tish joyi” yo‘l belgisi o‘rnatilgan, 78tasi almashtirilgan. Bu borada kelgusida ham ishlar davom ettirilib, Toshkent shahar bo‘ylab 22ta yangi yerusti piyodalar o‘tish ko‘priklarini qurish bo‘yicha taklif berilgan.
OAV vakillari bilan ilk marotaba uchrashgan Barat Mamenov so‘ngso‘z o‘rnida Toshkent shahri fuqarolari va mehmonlarini Yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishga chaqirib qoldi.
Mavzuga oid
20:30 / 24.01.2026
Tabiiy ventilyatsiyani yaxshilash orqali Toshkentda chang miqdorini kamaytirish va yozda haroratni pasaytirish rejalashtirilmoqda
15:48 / 24.01.2026
Toshkent metrosida poyezd tunnelda 13 daqiqa to‘xtab qoldi
09:51 / 24.01.2026
Toshkentda kuchli dorilar noqonuniy muomalasiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi
16:30 / 23.01.2026