Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Britaniyaga tashrif buyurishga qaror qildi – OAV
Foto: Luca Bruno/AP
AQSh prezidenti Donald Tramp yana Buyuk Britaniyaga amaliy tashrif bilan borish haqida o‘ylay boshladi, garchi u avval ushbu g‘oyadan voz kechgandi. Bu haqda Daily Mail o‘z manbalariga asosan yozmoqda.
Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar yetakchisi iyul oyi o‘rtalarida tashrif bilan kelish va Britaniyada bir necha kun davomida qolishni mo‘ljallamoqda. Kutilishicha, u bosh vazir Tereza Mey, shuningdek qirolicha Yelizaveta II yoki qirollik oilasining boshqa a'zosi bilan uchrashadi.
Tashrifning aniq muddati hali belgilanmadi, biroq Tramp 11 va 12 iyul kunlari Bryusselda bo‘lib, NATO sammitida qatnashadi. Shundan so‘ng u, katta ehtimol bilan, Londonga jo‘nab ketadi.
Gazetaning eslatishicha, Tramp Britaniyaga tashrif borasida o‘z fikrini bir necha marta o‘zgartirgan. Xususan, yanvarda u mamlakatga fevral oyiga rejalashtirilgan tashrifini bekor qilgandi.
Mavzuga oid
20:39
Epshteyn fayllarida tilga olingan 300 nafar siyosatchi va mashhurlar ismi oshkor qilindi
11:04
AQSh Navalniy epibatidin bilan zaharlanganiga shubha qilmayapti
20:50 / 15.02.2026
AQSh Hind okeanida yana bir tankerni ushladi
23:35 / 14.02.2026