Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada sayyoraning eng keksa ayoli hayotdan ko‘z yumdi
Sayyoraning eng keksa ayoli hisoblangan Nabi Tadzima 117 yoshida Yaponiyaning Kikai shahri shifoxonasida hayotdan ko‘z yumdi. ABC nashrida xabar berilishicha, ayol yanvar oyidan buyon ushbu tibbiyot muassasasida davolanayotgan bo‘lgan.
Nabi Tadzima 1900 yilning 4 avgustida dunyoga kelgan. Uning 140 nafar avlodi bor, 35 nafar evarasi bor.
Yaponiyalik marhuma ayol yarim yil avval, ya'ni 117 yoshli yamaykalik Vayolet Braun vafotidan so‘ng sayyoraning eng keksa yoshli ayoli deb tan olingan edi.
Amerika gerontologiya jamiyati sayyoraning eng keksa ayoli boshqa bir yaponiyalik - Chiyo Yosida hisoblanishini ma'lum qildi, u 10 kundan keyin 117 yoshga to‘ladi.
Mavzuga oid
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026