Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda “ajdarho” qayiqlarining to‘qnashuvi qurbonlari 17 kishini tashkil qilmoqda
Xitoyning Guylin okrugida “ajdarho” qayiqlarining to‘qnashuvi qurbonlari soni 17 kishigacha oshdi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi.
Avval 11 kishi halok bo‘lgani, 6 kishi bedarak yo‘qolgani ma'lum qilingan. Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, qidiruv-qutqaruv amaliyotiga 8 ta qayiq va 200 kishi jalb qilingandi.
Voqea 21 aprel soat 13.40da ikkita qayiq Yoz bayrami kuni – Duanuda (oy taqvimi bo‘yicha 5-oyning 5-kuni nishonlanadi) o‘tadigan musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish vaqtida boshqaruvni yo‘qotganidan keyin yuz bergan.
To‘qnashuvdan keyin qayiqlar ag‘darilib ketib, 57 kishi suvga tushib ketgan. Ulardan 40 nafari omon qolgan.
Ta'kidlanishicha, mashg‘ulotlar tashkilotchilari ularning o‘tishi haqida mahalliy huquq-tartibot idoralarini ogohlantirishmagan bo‘lgan. Ulardan ikki nafari qo‘lga olingan.
Mavzuga oid
20:41
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
17:47
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari delegatsiyasi bilan uchrashdi
09:56 / 16.06.2026
Xitoy elektromobillar uchun yangi qattiq xavfsizlik talablarini joriy etmoqda
12:18 / 15.06.2026