Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda «ajdarsimon» qayiqlar to‘qnashuvidan so‘ng 11 kishi halok bo‘ldi
Xitoyning janubida joylashgan Guangsi-Juang avtonom tumanidagi Guylin okrugida joylashgan daryoda ikkita «ajdarsimon» qayiqlarning to‘qnashuvidan so‘ng 11 kishi halok bo‘lgani yana 6 nafar inson bedarak yo‘qolganini xabar bermoqda okrug hukumati.
Voqea shanba kuni mahalliy vaqt bilan 13:40 da (Toshkent vaqti bilan 18:40 da) Yoz bayramiga tayyorgarlik doirasidagi musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish chog‘ida ikki qayiq to‘qnashib, boshqaruvini yo‘qotganidan so‘ng sodir bo‘lgan. Odatda, bu bayramda ajdaho boshi va quyrug‘i shaklidagi qayiqlar suvdagi yorqin tomoshalarda ishtirok etadi.
To‘qnashuvdan so‘ng 57 kishi suvga g‘arq bo‘lgan, 40 kishini qutqarishga ulgurib qolishgan, ulardan ayrimlari qirg‘oqqacha o‘zlari suzib kelishgan.
Jabrlanganlardan besh nafari kasalxonaga yotqizilgan, ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Aytilishicha, suzish mashg‘ulotlari tashkilotchilari bu haqida mahalliy huquq-tartibot organlarini ogohlantirmagan, tashkilotchilardan ikki nafari ushlangan.
Mavzuga oid
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
11:22 / 23.06.2026