Sport | 02:20 / 23.04.2018
7960
1 daqiqa o‘qiladi

A Seriya. "Napoli" 90-daqiqada gol urib, "Yuventus"ni mag‘lub etdi

Foto: Twitter/SSCNapoli

Italiya chempionatining 34-tur markaziy o‘yini o‘tkazildi. 

"Yuventus" o‘z maydonida "Napoli"ni qabul qilib, kichik hisobda mag‘lub bo‘ldi – 0:1. 

O‘yindagi yagona gol 90-daqiqada Kulibali tomonidan kiritildi. 

Ushbu o‘yindan so‘ng "Yuventus" 85 ochko bilan musobaqada peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, "Napoli" 84 ochko to‘plagan holda 2-o‘rinni egallab turibdi. 

Yuventus – Napoli 0:1 

Gol: 0:1 – 90 Kulibali.
Yuventus – Buffon, Kellini (Lixtshtayner, 11), Benatiya, Xevedes, Xedira, Asamoa, Matyuidi, Pyanich, Duglas Kosta (Mandjukich, 71), Dibala (Kuadrado, 46), Iguain.
Napoli – Reyna, Albiol, Mariu Ruy, Xyusay, Kulibali, Gamshik (Zelinski, 67), Jorjino, Kalexon, Allan (Rog, 80), Insine, Mertens (Milik, 61).
Ogohlantirishlar: Benatiya (9), Asamoa (9), Albiol (16), Pyanich (27).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid