Qrimda yashovchilar Kiyevdagi YeChL finaliga kiritilmaydi
Qrimda istiqomat qiluvchilar Kiyevda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Chempionlar ligasi finaliga Rossiya pasportlari bilan kira olmaydi. Bu haqda «Izvestiya» gazetasi mamlakat diplomatik doiralaridagi ikki manbaga asosan xabar bermoqda.
«Qrim aholisi uchun hech qanday yengillik bo‘lmaydi. Ukraina yarim orol aholisiga Rossiya Federatsiyasi tomonidan 2014 yilgi hodisalardan so‘ng berilgan hujjatlarni tan olmaydi. Demak, hujjatlar haqiqiy emas va ular bilan Ukraina hududiga kirish imkonsiz. Futbol musobaqasi finali uchun ham bu borada qandaydir yengillik yaratilmaydi», - deya ma'lum qilgan gazeta suhbatdoshlaridan biri.
Chempionlar ligasi finali Kiyevda 26 may kuni bo‘lib o‘tadi. Musobaqada g‘oliblik uchun Myunxenning «Bavariya»si, Madridning «Real»i, Rimning «Roma»si va «Liverpul» futbol klubi da'vogarlik qilyapti.
Mavzuga oid
22:45 / 09.10.2024
«Tsisternalar portlashni boshlaydi». Qrimdagi yirik neft bazasida boshlangan yong‘inni 3 kundan beri o‘chirib bo‘lmayapti
09:10 / 09.10.2024
Kiyev noyabrda tinchlik sammiti o‘tkazish rejasidan voz kechdi
09:40 / 08.10.2024
Kiyev RF harbiy kemasi ishdan chiqarilganini e’lon qildi
11:30 / 05.10.2024