Qrimda istiqomat qiluvçilar Kiyevda bölib ötadigan futbol böyiça Çempionlar ligasi finaliga Rossiya pasportlari bilan kira olmaydi. Bu haqda «Izvestiya» gazetasi mamlakat diplomatik doiralaridagi ikki manbaga asosan xabar bermoqda.

«Qrim aholisi uçun heç qanday yengillik bölmaydi. Ukraina yarim orol aholisiga Rossiya Federatsiyasi tomonidan 2014 yilgi hodisalardan söng berilgan hujjatlarni tan olmaydi. Demak, hujjatlar haqiqiy emas va ular bilan Ukraina hududiga kiriş imkonsiz. Futbol musobaqasi finali uçun ham bu borada qandaydir yengillik yaratilmaydi», - deya ma'lum qilgan gazeta suhbatdoşlaridan biri.

Çempionlar ligasi finali Kiyevda 26 may kuni bölib ötadi. Musobaqada ğoliblik uçun Myunxenning «Bavariya»si, Madridning «Real»i, Rimning «Roma»si va «Liverpul» futbol klubi da'vogarlik qilyapti.