Jahon | 03:05 / 24.04.2018
8853
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an 23 aprel bayrami munosabati bilan bolalarni qabul qildi

Foto: aa.com.tr

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Prezidentlik majmuasida bir guruh bolalarni qabul qildi va ularning har birining qo‘lini siqib ko‘rishdi, deb yozadi «Anado‘lu» agentligi.

Maktab o‘quvchilaridan iborat guruhni miliy ta'lim vaziri Ismat Yilmaz kuzatib borgan.

«Anado‘lu»ning xabar berishicha, Turkiyada nishonlanayotgan milliy suverenitet va bolalar kuni munosabati bilan davlat rahbari bolalar oldida nutq so‘zlagan.

Davlat rahbari o‘z kursisiga «Jyenk Yaqin» o‘rta maktabining 6-sinf o‘quvchisi 12 yoshi Fotih Mintoshni taklif qilgan.

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat aholisining yosh avlodi Turkiyaning kelgusidagi yutuqlari lokomotivi bo‘ladi.

«Bolalar – bizning kelajagimiz, farzandlarimiz – Turkiya kelajagining kafolati», — deya ta'kidlagan prezident.

Turkiya rahbari so‘zlariga ko‘ra, har bir davlatning chinakam boyligi — mamlakatning har tomonlama kamol topgan fuqarolaridan shakllangan inson kapitali hisoblanadi.

Turkiyada bolalar kuni 1920 yil Anqarada o‘tkazilgan Buyuk milliy majlisning birinchi chaqirig‘i sharafiga nishonlanadi. Shu kuni jahonning o‘nlab davlatlaridan bolalar o‘z milliy liboslarida Turkiya Jumhuriyati asoschisi Mustafo Kamol Otaturk maqbarasiga borishadi.

Butun mamlakat bo‘ylab shu kuni bolalar va o‘smirlar uchun yuzlab teatrlashtirilgan tomosha va konsertlar o‘tkaziladi. Yuzlab bolalar TRT tomonidan o‘tkaziladigan Xalqaro bolalar festivalida qatnashadi.

Mavzuga oid