Jahon | 11:38 / 24.04.2018
8365
2 daqiqa o‘qiladi

G7 davlatlari Skripal ishi bo‘yicha Britaniya pozitsiyasini qo‘llab-quvvatladi

Foto: EPA/KIYOSHI OTA

G7 davlatlari Solsberida GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlanishi bo‘yicha ish yuzasidan Buyuk Britaniyaning pozitsiyasini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda RIA «Novosti» «katta yettilik» davlatlari TIV rahbarlari bayonotiga asosan xabar bermoqda.

«Biz 2018 yilning 4 mart kuni, Solsberi, Buyuk Britaniyada yuz bergan hujumni eng jiddiy tarzda qoralaymiz... Rossiya avval ma'lum qilinmagan «Novichok» dasturining barcha tafsilotlarini KQTTga xalqaro majburiyatlarga muvofiq tarzda taqdim etishi shart», - deyiladi xabarda.

Ta'kidlanishicha, Solsberida yuz bergan hodisaga «muqobil to‘g‘ri bo‘lgan tushuntirishlar» yo‘q. Rossiya voqea bilan bog‘liq bo‘lgan barcha masalalarga zudlik bilan javob qaytarishga chaqirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq politsiya va razvedka idorasi GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal hamda uning qizi Yuliyaga suiqasd uyushtirishda asosiy gumonlanuvchilarni aniqlagani xabar berilgandi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid