Politsiya va razvedka idorasi GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal hamda uning qizi Yuliyaga suiqasd uyuştirişda asosiy gumonlanuvçilarni aniqladi. Bu haqda The Telegraph manbalarga asosan xabar bermoqda.
Politsiyaning aksilterrorçilik bölinmasi ayni vaqtda işni gumonlanuvçilar atrofida qurişga harakat qilmoqda.
Xabar qilinişiça, Britaniya huquqni muhofaza qiliş organlari suiqasdda iştirok etgan şaxslar guruhi Rossiya hukumati bilan aloqador ekaniga işonçi komil. Skotland-Yard ma'lumotlariga köra, gumonlanuvçilar Rossiyaga qaytib ketib bölgan.
Gazetaning körsatişiça, aniq ism-familiyalar Buyuk Britaniyaga kelgan va undan parvoz qilgan reyslar yölovçilari röyxati tahlil qilinganidan söng örnatilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ faqat Rossiya Skripalni zaharlaşdan manfaatdor bölganini ma'lum qilgandi.












