Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda o‘zbek-turkman do‘stlik uyi ochildi
Urganch tumanining G‘oybu qishlog‘ida turkman millatiga mansub yurtdoshlarimiz istiqomat qiladi. Ularning o‘z ona tilida ta'lim olishi, urf-odatlari va an'analarini rivojlantirish uchun barcha sharoit yaratilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bu yerda O‘zbek-turkman do‘stlik uyi bunyod etildi.

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning tashrifi asnosida ushbu ma'naviyat maskanining ochilish marosimi bo‘ldi.
Davlat rahbarlari dastlab bu yerda o‘rnatilgan Maxtumquli Firog‘iy byustini ochdi, uning poyiga gullar qo‘ydi.
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbek-turkman do‘stlik uyida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Ushbu majmua qadimiy va zamonaviy me'morlik an'analari asosida bunyod etilgan. O‘zbek va turkman xalqlarining ko‘p asrlik aloqalarini aks ettiruvchi muzey, ikki mingdan ziyod kitob fondiga ega kutubxona tashkil qilingan. Tadbirlar o‘tkazish uchun katta zal, turli fan va san'at to‘garaklari uchun xonalar barpo etilgan.








O‘zbek-turkman do‘stlik uyi, turkman millatiga mansub yurtdoshlarimiz uchun yaratilgan imkoniyatlar turkmanistonlik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
Mavzuga oid
21:48 / 03.03.2026
Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatidagi islohotlar natijadorligi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi
15:21 / 02.03.2026
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda tabiiy gaz uchun isitish mavsumi bazaviy me’yori 15 martgacha uzaytirildi
19:00 / 17.02.2026
Xorazmda yangi ta’lim markazi: Osiyo xalqaro universiteti talabalarga qanday imkoniyatlar taqdim etadi?
09:42 / 29.01.2026