Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezidentlar Xorazmga borishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 aprel kuni Xorazm viloyatiga keldi. Davlat rahbari Urganch xalqaro aeroportida Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovni kutib oldi.
«Xorazmda ushbu tashrifga katta tayyorgarlik ko‘rilgan. Prezidentlarni kutib olish uchun Urganch xalqaro aeroporti va ko‘chalarga minglab odamlar chiqqan», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.


Tashrif dasturidan bir qator madaniy tadbirlar o‘rin olgan. Davlat rahbarlarining Urganch tumanidagi «Ulli hovli», Xiva shahridagi «Ichan qal'a» va Nurillaboy tarixiy majmualarni borib ko‘rishi, Xorazm viloyati drama teatrida O‘zbekiston – Turkmaniston san'at ustalarining konsert dasturida ishtirok etishi rejalashtirilgan.





Mavzuga oid
10:15 / 17.04.2026
Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 9 kg opiy musodara qilindi
11:00 / 02.04.2026
Xorazmda yangi ilmiy markaz: Ma’mun universiteti innovatsiya va ta’limni birlashtirmoqda
08:33 / 30.03.2026
Narkosavdo va noqonuniy dorilarga qarshi tezkor operatsiyalar o‘tkazildi
16:34 / 20.03.2026