Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Audi Q8 krossoverining ilk rasmiy surati namoyish qilindi
Audi kompaniyasi o‘zining Q8 flagman krossoverining ilk rasmiy suratini e'lon qildi. Surat markaning feysbukdagi sahifasida joylashtirilgan.
Suratni olish uchun mashina yorug‘likni akslantiruvchi skotch bilan qoplab chiqilib, so‘ngra qorong‘i studiyada suratga olingan. Krossoverning tashqi ko‘rinishi, uning intereri qanday bo‘lishi anchadan beri sir hisoblanmaydi: o‘tgan yilgi Detroytdagi avtosalonda Audi yangi model asosidagi kontsept-karni namoyish qilgan. Shuningdek, mashinaning minimal miqdordagi niqoblangan nusxalari josuslar tomonidan suratga olingan.
Audi Q8 yangi MLB Evo platformasida qurilgan. Mashina o‘lchamlari bo‘yicha Q7’ga mos keladi: uzunligi 5050 mmni, g‘ildiraklar bazasi 2990 mmni tashkil qiladi.
Krossover 6 silindrli dizel dvigatel hamda KoVoMo oilasiga tegishli benzin motorlar bilan taklif qilinadi.
Modelda dizel va benzin motori negizida gibrid dvigatellari ham paydo bo‘ladi. Q8’ning seriyali varianti yozda paydo bo‘lishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
22:19 / 05.10.2025
2025 yilning eng ishonchli va ishonchsiz avtomobillari aniqlandi
11:05 / 12.08.2025
Peugeot 2008 GT Exclusive sotuvi boshlandi
17:58 / 01.09.2023
Santa Fe’dan Traverse’gacha - dunyo avtomobil bozorida taqdim etilgan so‘nggi krossoverlar
11:17 / 13.07.2023