Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dushanbeda «Starekslar» 1 mayga qadar ko‘chalardan olinadi
Dushanbe shahri ma'muriyati 2018 yilning 1 mayiga qadar shahar ko‘chalaridan barcha «Starekslarni» olib tashlaydi va ularni avtobus hamda trolleybuslar bilan butunlay almashtiradi.
Ayni damda «Starekslar» 13, 25, 28, 8, 2-yo‘nalishlardan olindi. «Starekslar» haydovchilari ishsiz qolmaydi, ular yo‘lovchilarni shahar atrofidagi tumanlar yo‘nalishida tashiydi.
«Biz barcha «Starekslarni» shahar ko‘chalaridan olish bo‘yicha 1 mayga qadar muddat berdik. Ular shahar atrofidagi transport yo‘nalishlariga o‘tkaziladi», - deya xabar bergan «AP» Dushanbe hokimiyatining transport bo‘limidagi manbaga asosan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni damda shaharda yo‘lovchilarni manziliga yetkazish uchun 200dan ortiq yangi avtobuslar qo‘yilgan. Yo‘lovchilar "Mersedes-Sprinter" markali mikroavtobuslarda ham tashiladi. Biroq yil oxirigacha ular ham shahar ko‘chalaridan olib tashlanadi.
«Dushanbe uchun yana 100ta yangi avtobus sotib olindi, yaqin orada ular ham Dushanbe transport yo‘nalishlarida qatnay boshlaydi. Hozir shaharda 2 mingdan ortiq mikroavtobuslar yo‘lovchilarni tashimoqda. Yil oxiriga qadar biz ularni 8ga 1 bo‘yicha almashtirmoqchimiz – ya'ni, biz 8ta mikroavtobusni bitta avtobus yoki trolleybusga almashtiramiz», - degan manba.
Mavzuga oid
10:05 / 22.06.2026
Yozgi issiqda avtobuslarda konditsionerlar ishi tekshirilmoqda
08:51 / 22.06.2026
Toshkentda avtobuslar uchun ajratilgan yo‘laklarga deliniatorlar o‘rnatilmoqda
10:15 / 16.06.2026
Toshkentda 9-sinf bitiruvchisi haydagan BYD avtobus bilan to‘qnashdi
21:03 / 06.06.2026