Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nurmagomedov Makregor va Pore bilan jang o‘tkazmoqchi
Foto: RIA Novosti
UFC’dagi rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedovning jamoasi 2018 yil noyabrida ringga chiqishni rejalashtirmoqda. TASS xabariga ko‘ra, asosiy raqiblar sifatida irlandiyalik Konor Makgregor va amerikalik Dastin Pore nomzodi ko‘rib chiqilmoqda.
Sportchining menejyeri Rizvan Magomedov so‘zlariga ko‘ra, janglar borasidagi muzokaralar hozircha boshlanmadi.
«Makgregor bilan aniq muzokaralar hozircha yo‘q. Bizda shunday reja bor, Habib noyabrda u bilan jang o‘tkazishi lozim», - deya ma'lum qilgan u.
2018 yilning 7 aprel kuni Nurmagomedov yengil vaznda UFC chempioni kamarini qo‘lga kiritdi. U amerikalik El Yakvintani besh raundda taslim etdi. Makgregor aralash yakkakurashlar qoidalari bo‘yicha (MMA) o‘zining so‘nggi jangini 2016 yil noyabrida o‘tkazdi, Dastin Pore esa 14 aprel kuni Jastin Gayeji ustidan g‘alaba qozondi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nurmagomedovning otasi o‘g‘li UFC’da qancha ishlab topayotganini aytgandi.
Mavzuga oid
23:23 / 10.01.2026
Fransiya AQShdagi UFC turniri sababli G7 sammiti muddatini o‘zgartirdi
19:46 / 07.10.2025
Tramp Oq uy hududida UFC jangi o‘tkazilishini e’lon qildi
08:07 / 22.03.2025
Konor Makgregor Irlandiya prezidenti bo‘lish istagini bildirdi
18:13 / 12.01.2025