Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nurmagomedovning otasi o‘g‘li UFC’da qancha ishlab topayotganini aytdi
Foto: AP
Rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedov otasi Abdumannop Nurmagomedovning so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘lining Mutlaq jangchilar chempionatidagi (UFC) yangi shartnomasi 25 barobarga oshirildi.
Uning aytishicha, avvalgi shartnoma har bir jang uchun 10 ming dollarlik miqdorda bo‘lgan.
«Hozir qancha ekanini o‘zingiz hisoblab ko‘ring, agarda «25 barobarga oshirilgan bo‘lsa». 2,5 mln dollar!», - deya katta Nurmagomedovning so‘zlarini keltiradi «Sport-Ekspress».
Uning ta'kidlashicha, jang uchun barcha pullar g‘alaba yuz beradigan bo‘lsa, ikki barobarga oshadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq UFC Makgregorning Nurmagomedov bo‘lgan avtobusga hujumi videosini e'lon qilgandi.
Mavzuga oid
19:46 / 07.10.2025
Tramp Oq uy hududida UFC jangi o‘tkazilishini e’lon qildi
18:13 / 12.01.2025
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
18:33 / 15.08.2024
Habib Nurmagomedov Rossiya soliq idoralari oldidagi barcha qarzlarini yopdi - OAV
21:04 / 06.08.2024