UFC’dagi rossiyalik jangçi Habib Nurmagomedovning jamoasi 2018 yil noyabrida ringga çiqişni rejalaştirmoqda. TASS xabariga köra, asosiy raqiblar sifatida irlandiyalik Konor Makgregor va amerikalik Dastin Pore nomzodi körib çiqilmoqda.

Sportçining menejyeri Rizvan Magomedov sözlariga köra, janglar borasidagi muzokaralar hozirça boşlanmadi.

«Makgregor bilan aniq muzokaralar hozirça yöq. Bizda şunday reja bor, Habib noyabrda u bilan jang ötkazişi lozim», - deya ma'lum qilgan u.

2018 yilning 7 aprel kuni Nurmagomedov yengil vaznda UFC çempioni kamarini qölga kiritdi. U amerikalik El Yakvintani beş raundda taslim etdi. Makgregor aralaş yakkakuraşlar qoidalari böyiça (MMA) özining sönggi jangini 2016 yil noyabrida ötkazdi, Dastin Pore esa 14 aprel kuni Jastin Gayeji ustidan ğalaba qozondi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Nurmagomedovning otasi öğli UFC’da qança işlab topayotganini aytgandi.