Jahon | 23:02 / 26.04.2018
16328
2 daqiqa o‘qiladi

Jon Kennedi ishi bo‘yicha hujjatlarning so‘nggi qismi e'lon qilindi

Foto: CNN

AQSh milliy arxivi prezident Jon Kennedining joniga qasd qilish bilan bog‘liq ishga doir 19 ming hujjatni e'lon qildi. Bu 2017 yilning iyulida boshlangan materiallarning so‘nggi partiyasidir.

Ta'kidlanishicha, shu kunga qadar maxfiy tutilgan ma'lumot 2021 yilning 26 oktabriga qadar maxfiylikni saqlash zarurati bilan qayta ko‘rib chiqilishi kerak. 

Hujjatlarni chop etish to‘g‘risidagi qonun 1992 yildayoq to‘ng‘ich Jorj Bush tomonidan imzolangan. Unga ko‘ra, barcha materiallar 25 yil davomida maxfiyligicha qolishi kerak bo‘lgan, biroq bu muddat tugashi bilan davlat rahbari tomonidan ma'qullangan hujjatlar ommaga chiqishi mumkin bo‘lgan.

2017 yilda prezident Donald Tramp bu hujjatlarni oshkor qilishga qaror qildi.

1963 yilning 22 noyabrida Dallasda Jon Kennedining joniga qasd qilingan. Rasmiy versiyaga ko‘ra, qotillik snayper Li Xarvi Osvald tomonidan amalga oshirilgan. Ikki kundan keyin uning o‘zini ham o‘ldirishgan - Osvaldni federal qamoqqa yo‘llash  uchun politsiya uchastkasidan olib chiqishgan vaqtda Jyek Rubi unga qarata o‘q uzgan. 

Mavzuga oid