Jahon | 16:14 / 27.04.2018
7314
1 daqiqa o‘qiladi

Armanistonda muxolifat yetakchisi prezident bilan mamlakatdagi vaziyatni muhokama qildi

Foto: Sputnik/ Asatur Yesayants

Armanistondagi muxolif harakat yetakchisi Nikol Pashinyan mamlakat prezidenti Armen Sarkisyan bilan yuzaga kelgan vaziyatni muhokama qilgani haqida aytib o‘tdi. Bu haqda u feysbukdagi sahifasida yozgan

«Kecha kechqurun Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan bilan uchrashuv o‘tkazdim. Mamlakatda yuzaga kelgan vaziyatni va hozirgi muammolarni hal qilish yo‘llarini muhokama etdik», - deya ma'lum qildi Pashinyan.

Ta'kidlanishicha, Sarkisyan muxolifat yetakchisi bilan uchrashuvga hujjat olib kelgan, u prezident 2011 yildan beri Britaniya fuqarosi emasligini isbotlaydi. Bu esa mamlakat prezidenti lavozimida ishlashga to‘sqinlik qilishi mumkin edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armanistonda yangi bosh vazir qachon saylanishi ma'lum bo‘lgandi.

 

Mavzuga oid