Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armanistonda yangi bosh vazir qachon saylanishi ma'lum bo‘ldi
Foto: TASS
Armaniston Milliy yig‘ilishi spikeri Ara Babloyanning xabar qilishicha, mamlakat parlamenti yangi bosh vazirni saylash uchun 1 may kuni yig‘iladi. Bu haqda organ saytida xabar berilgan.
«Milliy yig‘ilish reglamentiga ko‘ra, bosh vazirni saylash masalasi 1 may kuni soat 12:00da parlamentning maxsus yig‘ilishida muhokama qilinadi», - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armanistonda Respublika partiyasi raisi Serj Sargsyanni o‘zgartirish haqida qaror qabul qilingani xabar berilgandi. «Respublika partiyasi raisini o‘zgartirish haqida munozara boshlash qarori qabul qilindi. Sobiq prezident va hukumatning sobiq rahbari Serj Sargsyan uchrashuvda ishtirok etayotganlarga 23 aprel kungi iste'fosi sabablarini tushuntirdi, Respublika partiyasi parlament fraksiyasining ishi bo‘yicha turli ssenariylarni taqdim etdi. Bu mamlakatda ichki tinchlik hamda barqarorlikni saqlab qolish uchun kerak», - deyiladi partiya saytidagi xabarda.
Mavzuga oid
08:36
AQSh va Armaniston tinch atom bo‘yicha hamkorlikni boshladi
22:04 / 05.02.2026
Boku sudi Tog‘li Qorabog‘ning besh nafar rahbarini umrbod qamoq jazosiga hukm qildi
19:52 / 19.01.2026
BAAda Shayx Zayd mukofoti sovrindorlari taqdirlandi
20:54 / 12.01.2026