20:44 / 27.04.2018
4714

Mail.ru Group bloklanishni chetlab o‘tish uchun proksi-serverlarni ishga tushirdi

Foto: RIA Novosti / Yevgeniy Biyatov

“Odnoklassniki”, “Moy mir” va “VKontakte” ijtimoiy tarmoqlariga egalik qiluvchi Mail.ru Group bloklanish bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun o‘z proksi-serverini ishga tushirdi. Bu haqda kompaniyaning xabarida aytilgan.  

26 aprelda “VKontakte”, “Yandeks”, Twitter, Facebook, “Odnoklassniki”, Yahoo va Liveinternet xizmatining IP-adreslari taqiqlangan saytlar ro‘yxatiga tushdi. Roskomnadzorning tushuntirishicha, muayyan IP-adreslarning ro‘yxatga tushishi tizimlar ishining texnologik xususiyatlari bilan bog‘langan va hozirda resurslar bloklanishdan chiqarilgan.

“Sizning sevimli xizmatlaringizga barqaror kira olishingiz uchun proksini ishga tushirdik. Bemalol foydalaning!”, deyilgan xabarda.

Kompaniya matbuot xizmatida ma'lumot tasdiqlangan. Shu bilan birga kompaniyada bu holatni ma'lum xizmatlar bloklanishi bilan bog‘lashmayapti. 

Roskomnadzor 16 apreldan Rossiyada Telegram messenjerini bloklashni boshlagan. Telegram bloklashni chetlab o‘tish uchun Amazon va Google’ning xostinglarini qo‘llashni boshlagani uchun Roskomnadzor bu kompaniyalarning messenjerda qo‘llanuvchi IP-adreslarini bloklashni boshlagan. Buning ortida bir qator chetki resurslar ishlashida Rossiyada muammolar yuzaga kelgan. 

Mavzuga oid
Top