Jahon | 08:10 / 27.04.2018
3989
1 daqiqa o‘qiladi

Nikaraguadagi norozilik namoyishlari qurbonlari soni 63 nafarga yetdi

Foto: REUTERS / Oswaldo Rivas

Nikaraguadagi norozilik namoyishlari qurbonlari soni 63 nafarga yetdi. Bu haqda 26 aprelda Nikaraguaning inson huquqlari doimiy komissiyasi vakili Markos Karmona ma'lum qildi. 

Avvalroq 34 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi. Nikaraguada namoyishlar 18 aprelda mamlakatda taklif qilingan islohotlar sababli boshlangan. Bu islohotlar ish beruvchi va ishlayotganlarning ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga to‘lovlari miqdorini oshirishni ko‘zda tutgan. Mamlakat prezidenti Daniel Ortega bu islohotlarni bekor qildi.

Foto: AP / Alfredo Zuniga

“Bo‘lgan voqealar talabalar, Nikaragua halqi ustidan xunrezlikdir”, deb aytgan Karmona. Yana 15 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid