Jamiyat | 18:09 / 27.04.2018
150108
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda pensiya yoshi bosqichma-bosqich oshirilishi mumkin

Moliya vazirligi huzuridagi Byudjyetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi davlat pensiya tizimini isloh qilish konsepsiyasini ishlab chiqdi.
 
U, xususan, quyidagilarni nazarda tutadi:

xodimning pensiyasi va mehnat stajidagi tafovut rag‘batlantiriladi: 35 yildan ortiq staj bo‘lsa, o‘rtacha oylikdan 2 foiz ko‘proq pensiya olinadi; 

54 yoshida pensiyaga chiqish huquqiga ega bo‘lgan, lekin umumiy o‘rnatilgan yoshdan keyin pensiyani rasmiylashtirgan ayollar uchun pensiyaga ustama to‘lash;

qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam ish haqining 8 baravaridan 12 baravarigacha miqdordagi pensiyani hisoblab chiqarish uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqi miqdorini oshirish;

pensiya yoshiga to‘lgan, biroq zarur mehnat stajiga ega bo‘lmagan fuqarolarga davlat pensiyalarini hisoblashda stajning har bir yetishmayotgan oyi uchun Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari summasini bir martalik tartibda to‘lash huquqini berish;

ishlayotgan er (xotin)ga o‘z xotini (eri) uchun ixtiyoriy ravishda Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badalini o‘tkazish huquqini berish;

yoshga doir pensiya tayinlash uchun talab etiladigan eng kam stajni oshirish. Hozirda bu 7 yil;

pensiya yoshini dunyodagi o‘rtacha darajaga va boshqa o‘lchovlarga yetkazish uchun bosqichma-bosqich oshirish.

 

Mavzuga oid